Bugun 4 fevral, 2026 yil, chorshanba

КИР

Andijonda tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan xususiy "bog‘cha" aniqlandi

Andijonda tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan xususiy "bog‘cha" aniqlandi

“O‘zenergoinspeksiya” Andijon viloyat hududiy boshqarmasi va gaz ta’minoti korxonasi hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirida Andijon tumanida joylashgan "K. A." nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida hisoblagichsiz o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida, gaz ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 169,6 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 11:30. O'qildi: 287 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!