Andijon viloyati Paxtaobod tumanida zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Bildirilishicha, Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da Andijon viloyatida zilzila sodir bo‘lgan. Zilzila koordinatalari: 41,05 gradus shimoliy kenglik; 72,35 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3.8. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 263 km janubiy-sharqda.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
Paxtaobod tumanida 2 ball, 13 km;
Izboskan tumanida 2 ball, 17 km;
Uchqo‘rg‘on tumanida 2 ball, 20 km.