Bugun 31 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

Surxondaryoda pomidorni shpaklyovkaga "aylantirishdi"

Surxondaryoda pomidorni shpaklyovkaga "aylantirishdi"

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Gulbahor” chegara bojxona posti xodimlari Respublika hududidan tranzit tarzda harakatlanayotgan yuk avtotransport vositasidagi pomidor o‘rniga suvoqda ishlatiladigan qurilish shpaklyovkasi ortilganini fosh etishdi.

Bojona nazorati jarayonida yuk mashinasining hujjatlari va plombalar joyida ekani tasdiqlandi. Biroq, tirkamaning odatda ochilmaydigan qismi buzilgani aniqlangach, chuqurlashtirilgan bojxona ko‘rigi o‘tkazildi. Natijada, pomidor o‘rniga 22 tonna qurilish shpaklyovkasi yuklangani ma’lum bo‘ldi.

Olib borilgan tezkor tadbirlar davomida aniqlanishicha, tranzit tartibida qo‘shni davlatga chiqib ketishi lozim bo‘lgan 20 tonnadan ziyod pomidor noqonuniy ravishda Termiz tumanidagi omborlardan biriga tushirib qoldirilgan. Ushbu qishloq xo‘jaligi mahsulotining umumiy qiymati 600 million so‘mni tashkil etadi.

Tezkor qidiruv tadbirlari davom ettirilganda, noqonuniy tushirilgan pomidor mahsuloti 2 ta "Isuzu" rusumli yuk avtotransport vositalariga yuklangani aniqlanib, Surxondaryo-Samarqand yo‘nalishida harakatlanayotgan ushbu yuk avtotransport vositalari qo‘lga olindi. Pomidor mahsuloti vaqtincha saqlovga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 18:31 28.03.2025. O'qildi: 23938 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!