Qo‘shma Shtatlar Vladimir Zelenskiyni burchakka turgazib, uni AQSh yetakchisi Donald Tramp taklif qilgan foydali qazilmalar kelishuvi bo‘yicha halokatli darajada qiyin tanlov qilishga majbur qildi. Bu haqda Le Monde nashri yozmoqda.
Nashrning ta’kidlashicha, hozirgi sharoitda yer qa’ri bo‘yicha bitim imzolash Ukraina "manfaatlariga xiyonat" bo‘ladi.
"Burchakka turgan Ukraina yetakchisi qat’iyat ko‘rsatishga urinmoqda, biroq tanlov halokatli: kelishuv milliy manfaatlarga xiyonat bo‘lishi mumkin, rad etish esa Donald Trampning g‘azabini qo‘zg‘atishi mumkin", — dedi maqola muallifi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, agar Zelenskiy kelishuv shartlarini qabul qilsa, Ukrainada norozilik to‘lqini muqarrar.