Ukraina harbiylari uchun mo‘ljallangan M1A2 Abrams tanklari Polshada tiqilib qoldi, deb yozadi National Interest.
"Bir paytlar Polshada fashistlar tanklari bo‘sh o‘tirgan edi, endi esa shunga o‘xshash ssenariy yuzaga kelishi mumkin. Avstraliya tomonidan sovg‘a qilingan M1 Abrams jangovar tanklari to‘g‘ridan-to‘g‘ri Ukrainaga juda zarur bo‘lgan joyga yuborilmasdan, shu bahorda Polshada qolib ketishi mumkin", deyiladi maqolada.
Kuzatuvchi ta’kidlaganidek, avstraliyalik zirhli mashinalar allaqachon Polshada, biroq Amerika ma’muriyatining harakatlari tufayli tekshirish jarayonining cho‘zilishi ularni yetkazib berishga to‘sqinlik qilmoqda.
"Hozircha Polshadagi bu tanklar chang bosib yotadi", — deya xulosa qildi nashr muallifi.
O‘tgan yilning 17 oktyabr kuni Avstraliya hukumati Ukrainaga 164 million dollarlik yangi harbiy yordam paketini jo‘natishini e’lon qildi va bu yordamning umumiy miqdorini 1 milliard dollarga oshirdi. Xususan, yangi harbiy yordam paketi Kiyevga foydalanishdan chiqarilgan 49 ta Amerika M1A1 Abrams tanklarini yetkazib berishni o‘z ichiga oladi.