Xonanda Feruza Karimova shoira Mahliyo Ahrorovaning “Dod degim kelyapti dastingdan” she’rini ruxsatsiz qo‘shiq qilib aytgan. Shoira uni sudga berib, yutib chiqdi. Bu haqda Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk departamenti ma’lum qildi.
Sud majlisida aniqlanishicha, ijrochi Karimova "Dastingdan" nomli qo‘shig‘ini ijro etishda shoira Mahliyo Ahrorovaning "Dod degim kelyapti dastingdan" nomli she’riga bo‘lgan mualliflik huquqlarini buzgan.
Sudning tegishli qaroriga muvofiq, shoira Mahliyo Ahrorova foydasiga ijrochi Feruza Karimovadan BHMning 100 barobari, ya’ni 37,5 million so‘m miqdorida tovon puli va 5 million so‘m ma’naviy zarar undirilishi belgilandi.