Bugun 1 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Rossiya Ukrainaga dron hujamlarida nisbatan yangi taktikadan foydalanmoqda — Bild

 Rossiya Ukrainaga dron hujamlarida nisbatan yangi taktikadan foydalanmoqda — Bild

Nashrning yozishicha, Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimi tobora kamroq rus dronlarini urib tushirmoqda.

"Dronlarning aksariyati hozirgacha Ukraina havo mudofaasi tomonidan yo‘q qilinayotgan bo‘lsa-da, so‘nggi hafta davomida tobora ko‘proq Shahed dronlari Ukraina hududiga kirib, unga jiddiy zarar yetkazmoqda va shaharlarda yong‘inlar chiqarmoqda", deya yozadi nashr.

Endi dronlar bir necha daqiqa oralig‘ida nishonlarga ketma-ket uchish o‘rniga, hujum joylaridan bir necha kilometr narida va bir necha ming metr balandlikda to‘planib, so‘ngra barchasi birgalikda tegishli ob’ektga hujum qilmoqda.

Natijada portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan ko‘plab dronlar bir vaqtning o‘zida shaharga uchib keladi va ulardan faqat ba’zilari urib tushiriladi. So‘nggi haftalarda Odessa va Dnepr kabi yirik shaharlarda qisqa vaqt ichida o‘n va undan ortiq zarbalar berildi, deb yozadi Bild. Kecha Dneprga bir vaqtning o‘zida 20 dan ortiq Shahed dronlari hujum qilgan.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina armiyasi hozirda Rossiyaning yangi hujum taktikasiga qarshi choralar ishlab chiqmoqda.

Kiritildi: 13:30 30.03.2025. O'qildi: 2835 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!