Cherkassi viloyatida portlashlar yuz berdi. Bu haqda Ukrainaning "Public" telekanali xabar bermoqda.
"Cherkassi viloyatining Uman tumanida portlash tovushlari eshitildi”, — deyiladi xabarda.
Ukraina Raqamli transformasiya vazirligining onlayn xaritasiga ko‘ra, Toshkent vaqti bilan soat 02:19 da Uman tumanida havo hujumi sirenalari yangradi. Ular Xarkov, Chernigov, Sumi, Kirovograd, Dnepropetrovsk va Poltava viloyatlarida ham eshitildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Xarkovdagi portlashlar haqida xabar bergan edi.