Ukraina Qurolli Kuchlari Rossiya hududida faolligicha qolmoqda.
Bu haqda Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy ma’lum qilgan.
Uning tushuntirishicha, bu faoliyat rossiyalik harbiylarning Ukrainaning Sumi va Xarkov viloyatlariga kirishiga to‘sqinlik qilmoqda. Prezident Rossiyaning Kursk viloyatidagi va janubiy yo‘nalishlardagi Ukraina bo‘linmalariga "bardoshlilik"lari uchun minnatdorchilik bildirdi.
Avvalroq ISW Ukraina qurolli kuchlarining Rossiya Federasiyasining Belgorod viloyatida olg‘a siljishi haqida xabar bergan edi. Xususan, Rossiya viloyatining shimoli-g‘arbidagi Popovka qishlog‘ining sharqiy qismida taktik darajadagi muvaffaqiyatlar qayd etilgani, bu geolokasion kadrlar bilan tasdiqlangani qayd etildi.