Myanma hukumati 28 mart kuni sodir bo‘lgan vayronkor zilzilalar oqibatida 1644 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda BBC.
Qayd etilishicha, 3408 kishi turli darajada jarohat olgan. Hozirda qidiruv-qutqaruv ishlari davom etayotganligi sababli qurbonlar va jabrlanganlar soni yanada ortishi kutilmoqda.
Myanmaning ikkinchi yirik shahri Mandalaydagi qutqaruv xizmati xodimi BBC'ga talofat juda katta ekanligini bildirdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, takroriy zilzilalarga qaramay, qutqaruv ishlari davom etgan.