Bugun 5 sentyabr, 2026 yil, shanba

КИР

"Andijon" Turkiyadagi qarzdorlik bo‘yicha rasmiy bayonot berdi

"Andijon" Turkiyadagi qarzdorlik bo‘yicha rasmiy bayonot berdi

"Andijon" futbol klubi jamoaning Turkiyaning Antaliya shahrida o‘tkazgan qishki o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini bilan bog‘liq qarzdorlik haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.

Klub rasmiy bayonotida qayd etilishicha, Antaliyadagi yig‘in davomida "DILAHAN TURIZM TAS.TIC.LTD.STI." kompaniyasi xizmatlaridan foydalanilgan va hamkorlik doirasida muayyan moliyaviy majburiyatlar yuzaga kelgan.

"Andijon" ushbu majburiyatlar bo‘yicha to‘lovlar belgilangan tartibda to‘liq amalga oshirilganini ma’lum qildi.

"Klub tomonidan to‘lovlar allaqachon belgilangan tartibda to‘liq qoplangan. "Andijon" futbol klubi o‘z zimmasidagi moliyaviy majburiyatlarga mas’uliyat bilan yondashadi", — deyiladi bayonotda.

Shuningdek, klub ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan ma’lumotlarni bir tomonlama talqin qilmaslik va masala yuzasidan fikr bildirishda rasmiy manbalarga tayanishga chaqirdi.

"Andijon" o‘z hamkorlari bilan o‘zaro hurmat, ishonch va mas’uliyat tamoyillari asosida faoliyatini davom ettirishini ta’kidladi.

Kiritildi: 11:39 04.09.2026. O'qildi: 527 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!