Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Andijon shahrida 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

Andijon shahrida 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

Bosh prokuratura shtabi tomonidan Andijon shahrida o‘tkazilgan nazorat tadbirida “X. L.” MCHJga qarashli korxonada o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, 423 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Bu kabi holat ushbu shaharda fuqaro M. R. qarashli noturar binoda ham qayd etildi. Ush qoidabuzarlik natijasida, ta’minot korxonasiga 472 million so‘mlik zarar yetkazilgan.

1. Shuningdek, Andijon shahrida fuqaro T. M. ga tegishli binoda ham xuddi shunday qoidabuzarlik aniqlandi. Keltirilgan zarar dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 109 mln so‘mni tashkil qildi.

Kiritildi: 11:30 24.07.2026. O'qildi: 412 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!