Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Chegara qo‘shinlari hamda Ichki ishlar organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda narkotik moddalar kontrabandasiga chek qo‘yildi. Aniqlanishicha, afg‘onistonlik noma’lum shaxslar Amudaryo orqali giyohvandlik vositalarini dron qurilmasi yordamida O‘zbekiston hududiga o‘tkazishga urinishgan
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu noqonuniy harakat o‘z vaqtida fosh etilib, uchuvchisiz uchish apparatiga mahkamlangan 2 kg 32 gr “opiy” moddasi ashyoviy dalil sifatida olindi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.