Musson yomg‘irlari oqibatida yuzaga kelgan kuchli suv toshqinlari tufayli Afg‘oniston, Pokiston va Hindistonda kamida 82 kishi halok bo‘ldi.
Hindistonda eng og‘ir vaziyat Braxmaputra daryosi vodiysida kuzatilmoqda. Kashmir va Assam shtatlarida qurbonlar qayd etilgan. Tabiiy ofat qariyb 650 ming aholi yashaydigan hududga ta’sir ko‘rsatgan.
Afg‘onistonning Nuriston viloyati va Pokistonning Xayber-Paxtunxva viloyatida esa so‘nggi bir sutkaning o‘zida 46 kishi halok bo‘lgan, yana 100 kishi jarohat olgan.
Kuchli suv oqimlari turar joylar va mehmonxonalarni yuvib ketmoqda. Qutqaruv ishlariga og‘ir maxsus texnika jalb qilingan.