Bugun 1 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Abituriyentlarga birinchi yo‘nalishda super-kontrakt asosida o‘qishga ruxsat berildi

Abituriyentlarga birinchi yo‘nalishda super-kontrakt asosida o‘qishga ruxsat berildi

2026-2027 o‘quv yili kirish imtihonlari natijasiga ko‘ra, 2–5-yo‘nalishlardan biriga grant yoki to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan abituriyentlar uchun o‘z xohishiga binoan 1-tanlagan yo‘nalishida o‘qish imkoniyati yaratildi.

Unga ko‘ra, tanlovda ishtirok etib, 2–5-bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan biriga davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarga o‘z xohishlariga ko‘ra ustuvorligi bo‘yicha tanlagan birinchi ta’lim yo‘nalishida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super-kontrakt) asosida o‘qishga ruxsat berildi (maqsadli qabul asosida tavsiya qilinganlar bundan mustasno).

Bunda o‘qishga qabul qilish oliy ta’lim tashkiloti rektori (direktori) tomonidan belgilanadigan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorida to‘lovni amalga oshirish sharti bilan amalga oshiriladi.

Mazkur tartib barcha davlat oliy ta’lim tashkilotlariga, shu jumladan, tashkiliy va moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim tashkilotlariga ham tatbiq etiladi.

Kiritildi: 13:54 30.09.2026. O'qildi: 755 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!