Bugun 7 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

9 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan jinoyatchi Turkiyada ushlandi

9 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan jinoyatchi Turkiyada ushlandi

O‘zbekiston va Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari o‘rtasidagi hamkorlik natijasida Istanbul shahrida uzoq yillardan buyon xalqaro qidiruvda bo‘lgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi aniqlanib, qo‘lga olindi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi (bosqinchilik) bilan ayblanib, 2017 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan F.F.N. Turkiyada ushlandi. Shu tariqa, uning qariyb 9 yil davomida tergov va javobgarlikdan yashirinib yurishiga chek qo‘yildi.

Shuningdek, Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi (firibgarlik) bilan ayblanib, xalqaro qidiruvda bo‘lgan A.M.A. ham qo‘lga olindi.

Mazkur shaxslar belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlariga topshirildi. Ayni vaqtda ularga nisbatan tegishli tergov va prosessual harakatlar davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston va Turkiya vakolatli idoralari o‘rtasida jinoyatchilikka qarshi kurashish, xalqaro qidiruvdagi shaxslarni aniqlash hamda ularning javobgarlikdan qochib yurishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha hamkorlik izchil davom ettirilmoqda.

Kiritildi: 23:20 06.10.2026. O'qildi: 366 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!