Bugun 6 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Germaniya Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qurolli to‘qnashuvga aralashib qoldi

Germaniya Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qurolli to‘qnashuvga aralashib qoldi

Germaniya razvedkasi Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy to‘qnashuv xavfi oshganini bildirdi.

Germaniya Federal razvedka xizmati rahbari Martin Yeger mamlakatning Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qurolli to‘qnashuvga aralashib qolish xavfi oshgani haqida ogohlantirdi.

Eger parlament nazorat qo‘mitasidagi ochiq eshituvlarda Rossiya bilan qarama-qarshilik yangi va xavfli bosqichga o‘tganini ta’kidlagan.

Uning aytishicha, hozirda Germaniya uchun boshqa hech bir davlatdan Rossiya kabi «to‘g‘ridan-to‘g‘ri, keng qamrovli va aniq tahdid» kelmayapti.

Razvedka rahbari Rossiya maxsus xizmatlari Yevropada yuqori darajada professional harakat qilayotganini va yangi diversiyalar xavfi saqlanib qolayotganini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, Moskva Germaniya va boshqa Yevropa poytaxtlarida Rossiya manfaatlariga zid siyosiy qarorlar qabul qilinishiga yo‘l qo‘ymaslikka intilayotgan bo‘lishi mumkin.

Eger Rossiya Germaniyaga qarshi «soyadagi urush» olib borayotganini ta’kidladi. Uning fikricha, ushbu qarama-qarshilik an’anaviy harbiy yoki huquqiy tushunchalar doirasiga to‘liq sig‘maydi.

Shu bilan birga, Germaniya razvedkasi hozircha Rossiya tomonidan NATOga qarshi keng ko‘lamli to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy hujum tayyorlanayotgani belgilarini ko‘rmayapti.

Biroq Yeger Boltiqbo‘yi davlatlarida Rossiya tomonidan «past intensivlikdagi harbiy faollik» ehtimoliga tayyor turish zarurligini aytdi.

«Biz qo‘rqitishga urinishlar va keyingi aralashuvlarga tayyor bo‘lishimiz kerak. Ehtimol, yana yadroviy tahdidlar ham bo‘ladi», — dedi Germaniya razvedkasi rahbari.

Kiritildi: Bugun 09:40. O'qildi: 953 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!