Bugun 6 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

"Barselona" Gvardiola kashf etgan "Manchester Siti" futbolchisini kuzatmoqda

"Barselona" Gvardiola kashf etgan "Manchester Siti" futbolchisini kuzatmoqda

El Nacional nashri ma’lumotiga ko‘ra, "Barselona" "Manchester Siti" futbolchisi Niko O’Raylini kuzatib bormoqda.

21 yoshli futbolchi universalligi bilan ajralib turadi. U chap qanot himoyachisi, markaziy yarim himoyachi va hujumkor yarim himoyachi pozisiyalarida o‘ynay oladi.

Manba ta’kidlashicha, O’Raylining iqtidorini "Manchester Siti"da Xosep Gvardiola ochgan. Mutaxassis uni chap qanot himoyachisi sifatida ishlatib, futbolchining imkoniyatlarini namoyon qilishiga yordam bergan.

"Agar Deku yosh va universal futbolchi uchun katta mablag‘ sarflashga qaror qilsa, O’Rayli deyarli barcha talablarga javob beradi. U chap qanot himoyachisi pozisiyasini yopa oladi, markazda o‘ynaydi va Flikning yuqori pressingiga mos, jismonan kuchli futbolchilarga ehtiyoj sezayotgan jamoada rivojlanishi mumkin", — deyiladi materialda.

Qayd etilishicha, Niko O’Raylining ehtimoliy transferi taxminan 70 million yevroga tushishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 06:10. O'qildi: 900 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!