Bugun 7 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Bank xodimi 100 ming dollar pora olayotganda ushlandi

Bank xodimi 100 ming dollar pora olayotganda ushlandi

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda nufuzli banklaridan birining ushbu viloyatdagi mintaqaviy markazi Mahallabay va davlat dasturlari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘ining noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi.

Xususan, u 2024 yilda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi tomonidan elektron onlayn auktsion orqali o‘zining otasiga chorvachilik maqsadida foydalanish uchun ijara huquqi asosida sotilgan, Quyichirchiq tumani hokimligi balansidagi 16,05 gektar yer maydonini sotish hamda hokimlik zaxirasida bo‘lgan 4 gektar yerni mansabdor tanishlari orqali rasmiylashtirib berish evaziga xaridordan jami 4 mln 250 ming AQSh dollari talab qilgan.

Tezkor tadbir davomida u so‘ralgan pul mablag‘idan 100 ming AQSh dollarini oldindan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 12:50 06.10.2026. O'qildi: 787 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!