Bugun 6 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

AQSh zarurat tug‘ilsa, Rossiyaga yordam berishini aytdi

AQSh zarurat tug‘ilsa, Rossiyaga yordam berishini aytdi

Tramp Rossiyada o‘pka chumasi haqidagi xabarni diqqat bilan kuzatayotganini bildirdi.

AQSh prezidenti Donald Tramp 5 oktyabr kuni Rossiyada o‘pka chumasi bilan bog‘liq holat haqidagi xabarlar Vashington tomonidan diqqat bilan kuzatilayotganini ma’lum qildi.

Tramp Oq uyda jurnalistlarga bergan bayonotida AQSh bu holatdan yaqinda xabar topganini va zarurat tug‘ilsa, Rossiyaga yordam berishini aytdi.

«Biz bu holatni diqqat bilan kuzatyapmiz. Bu haqda hozirgina xabar topdik», — dedi Tramp.

Uning ta’kidlashicha, zamonaviy davrda ayrim mikrob va bakteriyalar kuchaygan bo‘lishi mumkin va AQSh zarur holatda yordam ko‘rsatishga tayyor.

Avvalroq AQSh Davlat departamenti ham Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘pka chumasi gumoni bilan bog‘liq o‘lim holati haqidagi xabarlarni AQSh kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazi (CDC) hamda boshqa idoralar bilan birgalikda kuzatayotganini ma’lum qilgan.

Rossiya rasmiylari esa marhumada kelib chiqishi aniqlanmagan pnevmoniya tashxisi qo‘yilganini bildirgan. Shuningdek, Irkutskdagi chumaga qarshi ilmiy-tadqiqot institutida hech qanday favqulodda holat qayd etilmagani ma’lum qilingan.

Hozircha Rossiyada o‘pka chumasi tarqalayotgani haqida rasmiy tasdiqlangan ma’lumot mavjud emas.

Kiritildi: Bugun 09:06. O'qildi: 873 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!