Bugun 21 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

21 oktyabr kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

21 oktyabr kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

21 oktyabr, chorshanba kuni O‘zbekistonning barcha hududlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib qoladi. Havo harorati kunduzi ayrim viloyatlarda 28 darajagacha ko‘tarilishi mumkin. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi.

Prognozlarga ko‘ra, eng yuqori harorat Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kuzatiladi. Ushbu hududlarda kunduzi 23–28, kechasi 7–12 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, yomg‘ir yog‘maydi. Poytaxtda kunduzgi harorat 21–23, tungi harorat esa 8–10 darajani tashkil etadi. Shamol sharqdan sekundiga 3–8 metr tezlikda esadi.

Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent, Buxoro va Navoiy viloyatlarida kunduzi 20–25, kechasi 5–10 daraja iliq bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

Farg‘ona vodiysidagi uch viloyat — Andijon, Namangan va Farg‘onada ham kunduzgi harorat 20–25 daraja atrofida bo‘ladi. Tunda esa termometrlar 7–12 darajani ko‘rsatadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida nisbatan salqin ob-havo kutilmoqda. Bu hududlarda kunduzi 15–20, kechasi 2–7 daraja iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda harorat kunduzi 13–18, kechasi 3–8 daraja oralig‘ida bo‘lishi aytilmoqda.

Respublikaning aksariyat hududlarida sharqdan sekundiga 7–12 metr tezlikda shamol esadi. Farg‘ona vodiysida esa shamol tezligi 5–10 metr/sekundni tashkil etadi.

Kiritildi: 17:38 20.10.2026. O'qildi: 383 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!