«Tramp avval ham shunday urinishlarni amalga oshirgan, ammo endi u butunlay boshqa tomonga o‘tgandek ko‘rinmoqda. So‘nggi bir hafta davomida Vashington Oq uy Ukrainadan taslim bo‘lishni talab qilayotganini ochiq ko‘rsatuvchi signallar bermoqda», — deyiladi nashr maqolasida.
Nashr fikricha, bunga AQShning Rossiya bilan dizel yoqilg‘isi bo‘yicha kelishuvi hamda Ukrainada prezidentlik saylovlarini o‘tkazishga chaqiriqlar dalil bo‘lishi mumkin.
Avvalroq AQSh Prezidenti Donald Tramp Vladimir Zelenskiy mojaroni Moskva bilan yakunlashni istamayotganini, ehtimol, hech qachon bunga tayyor bo‘lmaganini aytgan edi.
Shuningdek, o‘tgan hafta Oq uy rahbari Kiyevning muloqotga tayyor emasligidan va Rossiya neftini qayta ishlash zavodlariga zarbalarni to‘xtatishni istamayotganidan noroziligini bildirgan. Tramp Ukrainaga Rossiya bilan kelishuvga erisha oladigan yangi rahbar kerakligini ham ta’kidlagan.