Zelenskiy Putin, Tramp va Si o‘rtasida uchrashuv o‘tkazilgan taqdirda "yangi syurprizlar" bo‘lishidan xavotirda.
"Bunday syurprizlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun men buni tushunib olishni xohlardim. Muammo faqatgina ular biz bilan yoki bizsiz uchrashishida emas: afsuski, Putinning izolyasiyadan asta-sekin chiqishi allaqachon boshlanib bo‘lgan. Bu birinchi qadam emas. Biroq, agar gap Ukraina haqida ketadigan bo‘lsa, Ukrainaning ham fikrini so‘rashlarini istardik. Qolgan masalalar yuzasidan izoh bera olmayman, ular nimalarni muhokama qilishini bilmayman", — dedi Ukraina prezidenti Corriere della Sera nashriga bergan intervyusida.