Bugun 20 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Saudiyada Makkadagi masjidda «axloqsiz harakat» sodir etgan ikki Bangladesh fuqarosi qatl etildi — The Daily Star

Saudiyada Makkadagi masjidda «axloqsiz harakat» sodir etgan ikki Bangladesh fuqarosi qatl etildi — The Daily Star


Makkada Nazirul Islom Abdul Basir va Siti Axtar ismli ikki Bangladesh fuqarosi masjidda «axloqsiz harakat» sodir etganlikda ayblanib, o‘lim jazosiga hukm qilingan.

Saudiya Ichki ishlar vazirligi ma’lum qilishicha, sud ularni aybdor deb topib, ta’zir asosida o‘lim jazosini tayinlagan.

Hukm 14 oktyabr kuni Makka mintaqasida ijro etilgan. Saudiya tomoni jazoga masjid daxlsizligi, shuningdek, voqea sodir bo‘lgan vaqt va joyning maqomi bilan bog‘liq holatlarni asos qilib keltirgan.

Biroq Saudiya rasmiy bayonotida ikki fuqaroning aynan qanday harakat sodir etgani, voqea qaysi masjidda yuz bergani va ular qachon qo‘lga olingani ochiqlanmagan.

Bangladeshning Jiddadagi Bosh konsulligi esa qatllar haqida oldindan xabardor qilinmaganini bildirib, Saudiya tashqi ishlar idorasidan rasmiy ma’lumot va ish tafsilotlarini so‘ragan.
Kiritildi: Bugun 17:21. O'qildi: 930 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!