Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo Jud Bellingem va Arda Gyuler ishtirokida qo‘llagan yangi taktik usulidan mamnun bo‘lgan.
AS nashrining xabar berishicha, portugaliyalik mutaxassis Ispaniya chempionati doirasida «Sevilya»ga qarshi o‘tkazilgan va 4:1 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan uchrashuvda ikki futbolchining maydondagi o‘zaro harakatlariga yuqori baho bergan.
Bahs davomida Gyuler o‘ng qanotdan markazga qarab harakatlangan, Bellingem esa turkiyalik futbolchi bo‘shatgan hududni egallagan. Ularning muntazam ravishda pozisiya almashtirishi raqib himoyachilariga jiddiy qiyinchilik tug‘dirgan.
Bunday taktik harakatlar «Real»ga hujumlarni turli yo‘nalishlar orqali tashkil etish va raqib mudofaasida bo‘sh hududlar yaratish imkonini bergan.
Manbaga ko‘ra, Mourinyo ushbu taktik yechim kelgusida ham jamoaga katta foyda keltirishi mumkin, deb hisoblamoqda.
«Qirollik klubi»ni oldinda ikkita muhim uchrashuv kutmoqda. Madridliklar chorshanba kuni Chempionlar ligasi doirasida o‘z maydonida «RB Leypsig»ni qabul qiladi.
Yakshanba kuni esa «Real» Ispaniya chempionatidagi navbatdagi bahsini safarda «Barselona»ga qarshi o‘tkazadi.