O‘zbekistonda pedagoglarning asosiy e’tiborini ta’lim sifatiga qaratishi uchun ortiqcha qog‘ozbozlikni kamaytirish va tizim rahbarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlar sonini keskin qisqartirish rejalashtirilmoqda.
Ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov bu bo‘yicha taqdimotlar bilan tanishdi.
Muhokamada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash, umumta’lim maktablarida esa o‘qitish sifati hamda o‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtirish darajasini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.