Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

2027 yilda davlat xarajatlari 464 trln so‘mga yetishi kutilmoqda

2027 yilda davlat xarajatlari 464 trln so‘mga yetishi kutilmoqda


Prezident Shavkat Mirziyoyev 2027 yilgi Davlat byudjeti loyihasi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Rejaga ko‘ra, kelgusi yil byudjet daromadlari 416 trln so‘m, xarajatlari esa 464 trln so‘mni tashkil etadi.

Ajratilishi rejalashtirilgan mablag‘lar:
▪️ ta’lim sohasiga — 114,3 trln so‘m;
▪️ sog‘liqni saqlashga — 61,4 trln so‘m;
▪️ hududlar infratuzilmasi, bandlik va ijtimoiy himoyaga — 70 trln so‘m.

2027 yilda iqtisodiy o‘sish 7 foiz, inflyasiya esa 6 foiz bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Shuningdek, 65 mlrd dollar xorijiy investisiya jalb etish rejalashtirilgan.

Byudjet loyihasi muhokamadan so‘ng Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritiladi.

Kiritildi: Bugun 16:40. O'qildi: 339 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik