Bu oyda sayyora bo‘yicha o‘rtacha global harorat +16,96°C ni tashkil qildi. Bu haqda iqlim o‘zgarishlarini monitoring qiluvchi Copernicus Climate Change Service (C3S) ma’lum qildi. Shu tariqa, 2023 yilda qayd etilgan avvalgi rekord yangilandi.
G‘arbiy Yevropada ham o‘tgan yoz mavsumi kuzatuvlar tarixidagi eng issiq yoz bo‘ldi. Nafaqat havo harorati, balki dengiz suvi harorati ham misli ko‘rilmagan darajada yuqori bo‘lgan.
Copernicus eksperti Samanta Berdjessning ta’kidlashicha, ehtimol, insoniyat so‘nggi 100 ming yilda bugungidek yuqori haroratlarga duch kelmagan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, iqlim o‘zgarishi endi abstrakt tushuncha emas, balki tobora ko‘proq kundalik hayotga ta’sir ko‘rsatmoqda. Berdjess Yevropada kuchli issiq tufayli yo‘llarning erib ketishi va issiq kunlarda shifoxonalarning haddan tashqari yuklanib qolganini misol sifatida keltirdi.
Copernicus ma’lumotlariga ko‘ra, global iqlim o‘zgarishining asosiy sababi neft, ko‘mir va gaz kabi qazilma yoqilg‘ilarni yoqish natijasida atmosferaga chiqarilayotgan issiqxona gazlari hisoblanadi.