Bugun 24 oktyabr, 2025 yil, juma

КИР

Ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimi joriy etiladi

Ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimi joriy etiladi

“Davlat tilini yanada rivojlantirishga
oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–308-son, 20.10.2025 y.) qabul qilindi.

🔰 Davlat tilini yanada rivojlantirishning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

🔸 mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha sohalarida davlat tili imkoniyatlaridan to‘liq va samarali foydalanishga erishish;

🔸 davlat tilining sofligini saqlash va uning lug‘at boyligini muntazam oshirib borish;

🔸 davlat tilining xalqaro miqyosdagi o‘rni va nufuzini oshirish, xorijiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirish.

📃 2026 yil 1 yanvardan boshlab respublika darajasidagi davlat organlari va xo‘jalik birlashmalarining markaziy apparatlarida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklarida boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy cheklangan soni doirasida rahbarning ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi joriy etiladi.

🗓 2026 yildan boshlab:

🔹 ta’lim qardosh tillarda olib boriladigan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari uchun o‘zbek tilini o‘rgatish bo‘yicha darsliklarning davriyligi asosida yangi avlodi yaratiladi:

🔹 maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘zbek tilini o‘rgatish bo‘yicha pedagoglar uchun o‘quv qo‘llanmalari ishlab chiqiladi:

🔹 maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar uchun “Mening ilk izohli lug‘atcham” rasmli lug‘at kitobi yaratiladi;

🔹 bolalarga o‘zbek tilini o‘rgatish bo‘yicha zamonaviy animasion video va audio mahsulotlar ishlab chiqilishi tashkil etiladi.

Kiritildi: 17:32 21.10.2025. O'qildi: 597 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!