Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Romitan tumani bo‘lim va Buxoro viloyati IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirida valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar K.R. va A.H. fuqaro F.R.dan 4 500 AQSh dollarini 56,2 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Shu kabi, Departamentning Sirdaryo tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro R.U. fuqaro X.X.dan 4 000 AQSh dollarini 49 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.