Bugun 11 sentyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

BAA prezidenti Qatarga keldi, Iordaniya va Saudiya vorislari tashrif buyurishi kutilmoqda

BAA prezidenti Qatarga keldi, Iordaniya va Saudiya vorislari tashrif buyurishi kutilmoqda

BAA prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Naxayon Isroilning kechagi zarbalari ortidan Qatar bilan birdamlik sifatida Doxaga do‘stona tashrif bilan keldi.

“Report” Sky News Arabia’ga tayanip xabar bermoqda. Uni Doxa xalqaro aeroportida Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy kutib oldi.

Reuters agentligining qayd etishicha, BAA prezidenti ortidan Iordaniya valiahd shahzodasi Husayn bin Abdulloh va Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon ham bugun Doxaga yetib kelishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bir kun oldin Isroil harbiy-havo kuchlari HAMAS G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha AQSh taklifiga oid muzokaralar o‘tayotgan Qatar poytaxti Doxaga qator zarbalar bergan edi. Isroil operasiyani “Yong‘in yig‘ilishi” deb atadi va barcha nishonlar yo‘q qilinganini ma’lum qildi. Kamida olti kishi halok bo‘lgani xabar qilingan.

Kiritildi: 15:43 10.09.2025. O'qildi: 921 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!