Isroilning Dohaga bir tomonlama zarba berishi na yahudiy davlati, na AQShning maqsadlarini ilgari surmaydi.
Bu haqda Oq uyning AQSh prezidenti Donald Tramp va Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu hamda Qatar rahbariyati o‘rtasidagi telefon muloqoti yakunlari bo‘yicha bayonotida aytilgan.
"Bizga tinchlikka erishish uchun katta sa’y-harakatlarni amalga oshirgan va dadil tavakkal qilgan AQShning suveren davlati va yaqin ittifoqchisi Qatar hududidagi bir tomonlama portlashlar Isroil yoki Amerikaning maqsadlariga erisha olmaydi", — deyiladi bayonotda.
Tramp Qatar amiri va bosh vazirini bunday zarbalar takrorlanmasligiga ishontirdi.
Eslatib o‘tamiz, Isroilning Dohaga hujumi natijasida 6 kishi halok bo‘lgan edi.