Bugun 11 sentyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Qatar bosh vaziri: "Isroilga javob zarbasini berish imkoniyatini saqlab qolganmiz"

Qatar bosh vaziri: "Isroilga javob zarbasini berish imkoniyatini saqlab qolganmiz"

Qatar bosh vaziri va tashqi ishlar vaziri Shayx Muhammad bin Abdulrahmon bin Jassim Ol-Tani, Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu G‘azoda tinchlik o‘rnatish uchun barcha urinishlarga putur yetkazayotganini aytdi.

Al Jazeera telekanali xabar berishicha, matbuot anjumani chog‘ida jurnalistlar savollariga javob berar ekan, Al Tani o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokara olib borayotgan mamlakatda muzokarachilarni o‘ldirishga urinish noqonuniy bo‘lishidan tashqari, axloqsizlik va xoinlik ekanligini ta’kidladi.

"Bugun biz butun mintaqa bunday vahshiy xatti-harakatlarga qarshi turishi kerak bo‘lgan burilish nuqtasiga yetdik”, dedi u.

Al Tani, shuningdek, Qatar Isroilga javob berish huquqini saqlab qolishini va uning suverenitetining buzilishiga toqat qilmasligini ta’kidladi.

Avvalroq Isroil mudofaa kuchlari Dohadagi Falastinning XAMAS harakati oliy rahbariyati joylashgan binoga zarba berilganini tasdiqlagan edi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hujum “harakat qarorgohida ma’muriy vazifalarni bajarayotgan besh kishi”, shuningdek, Qatar xavfsizlik kuchlarining bir xodimi halok bo‘lgan.

Kiritildi: 09:15 10.09.2025. O'qildi: 951 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!