Bugun 10 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Angrendagi mudhish avariyada halok bo‘lganlar soni 11 kishiga yetdi

Angrendagi mudhish avariyada halok bo‘lganlar soni 11 kishiga yetdi

Angrenda 7 sentyabr kuni yuz bergan mudhish yo‘l-transport hodisasi oqibatida 11 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov imzolagan farmoyishda ma’lum qilindi.

Farmoyishga ko‘ra, YTH oqibatida 6 kishi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Ichki ishlar vazirligi dastlabki axborotida 7 kishi halok bo‘lgani, yana 5 nafari shifoxonaga joylashtirilgani, 4 nafariga esa tibbiy yordam ko‘rsatilgach, uyiga javob berilgani haqida xabar berilgandi.

Viloyat hokimligi halok bo‘lganlarning oila a’zolariga moddiy, psixologik va boshqa yordam ko‘rsatish, dafn marosimlarini tashkil etish choralarini belgilab berdi. Jarohat olganlarga Angren shahar tibbiyot birlashmasida zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Ma’lumot uchun, hodisa 7 sentyabr kuni soat 12:20 da Angren hududidan o‘tgan A-373 Toshkent–O‘sh xalqaro avtomobil yo‘lida yuz bergan. Sement ortilgan yuk mashinasi boshqaruvni yo‘qotib, temiryo‘l kesishmasida to‘xtab turgan 2 ta yuk mashinasi va 5 ta yengil avtomobilga urilgan. To‘qnashuv oqibatida yong‘in chiqib, odamlar halok bo‘lgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov-surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Kiritildi: Bugun 12:35. O'qildi: 1129 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!