Isroilning AQShdagi elchisi Yexiel Leyter yahudiy davlati Qatar poytaxtiga zarba berishda o‘z maqsadlariga erisha oldimi, degan savolga to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob bermadi.
Diplomat Fox News telekanaliga bergan intervyusida Dohaga qilingan hujumga izoh berdi.
"Agar bu safar maqsadimizga erisha olmagan bo‘lsak, keyingi safar erishamiz", — dedi u.
Avvalroq Isroil mudofaa kuchlari Dohadagi Falastinning XAMAS harakati oliy rahbariyati joylashgan binoga zarba berilganini tasdiqlagan edi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hujum “harakat shtab-kvartirasida ma’muriy vazifalarni bajarayotgan besh kishi”, shuningdek, Qatar xavfsizlik kuchlarining bir xodimi halok bo‘lgan.