Isroil tomonidan Qatar poytaxti Dohaga bergan zarbalarda XAMASning yuqori rahbariyati vakillari jabrlanmadi.
Bu haqda Al Araby telekanaliga Falastin harakati siyosiy byurosi a’zosi Abdel Rahmon Shadid ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, harakat shtabida ma’muriy funksiyalarni bajargan jami besh kishi halok bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Axios portali razvedka manbalariga tayanib, Isroil armiyasi hujumi paytida XAMASning barcha yetakchilari Dohadagi binoda bo‘lganligi haqida xabar bergan edi.
Qatar Ichki ishlar vazirligi voqealarni diqqat bilan kuzatib borayotganini va barcha zarur choralarni ko‘rayotganini tasdiqladi. Havo hujumi natijasida Qatar xavfsizlik kuchlaridan biri halok bo‘lgani ta’kidlanmoqda.
Amerika OAVlari Oq uydagi manbaga tayanib, Isroil Qatar poytaxtiga havo hujumlarini amalga oshirishdan oldin AQShni xabardor qilganini yozdi.
Associated Press agentligining xabar berishicha, AQSh qurolli kuchlari bu zarbalarda ishtirok etmagan. Amerika tomoni voqea yuzasidan rasmiy bayonot bermadi.
Eslatib o‘tamiz, AQShning Dohadagi elchixonasi ham o‘zini izolyasiya qilish rejimiga o‘tgan. Amerika fuqarolariga, shuningdek, o‘zlarini izolyasiya qilishlari va diplomatik vakolatxonaning ijtimoiy tarmoqlaridagi ma’lumotlarga rioya qilishlari tavsiya etiladi.