Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov Yangi Toshkentdagi qurilayotgan “Sankt-Peterburg” kvartalining qurilish maydonini borib ko‘rdi.
"Bu haqiqatdan ham Sankt-Peterburg - taniqli, klassik va ayni paytda zamonaviy", deb ta’kidladi Beglov, bo‘lajak kvartal loyihasini ko‘zdan kechirib.
Shuningdek gubernator Shavkat Mirziyoyevga Yangi Toshkentda kvartal nomini Sankt-Peterburg sharafiga atash qarori uchun minnatdorlik bildirdi.
Yangi kvartal loyihasini ishlab chiqishda Rossiya Shimoliy poytaxti hukumati ham yordam bergan. Ular loyiha tashkilotlari, arxitektura byurolari va qurilish tashkilotlari rahbarlaridan iborat ishchi guruh tuzib, bo‘lajak mavze me’moriy yechimlarining uchta variantini ishlab chiqdi.