Piskent tumani yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlarining tezkor ma’lumotlari asosida Piskent tumani Oybek mahallasida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushbu mahallada istiqomat qiluvchi 1992 yilda tug‘ilgan fuqoro xonadonidan o‘tkir hidli, nam xolatda yashil rangli, “nasha” giѐxvandlik moddasiga o‘xshash, shuningdek, 3 dona politilen selofanda hamda 24 dona gugurt qutilarda va 10 ta oq rangli politelen paketchalar ichida quritilgan, o‘tkir xidli, yashil rangli, turli xildagi giyohvand moddasiga o‘xshash o‘simliklar saqlanayotganligi aniqlandi. Ushbu vositalarning barchasi xolislar ishtirokida daliliy ashyo tariqasida olindi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan Piskent tumani IIB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.