Bugun 10 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistonning pasport reytingidagi o‘rni e’lon qilindi

O‘zbekistonning pasport reytingidagi o‘rni e’lon qilindi

O‘zbekiston pasportining jahon reytingidagi o‘rni ma’lum bo‘ldi.

Pasport Xalqaro havo transporti assosiasiyasi ma’lumotlari asosida tuzilgan va fuqarolar vizasiz kirishi mumkin bo‘lgan mamlakatlar sonini aks ettiruvchi yangilangan Henley indeksida 72-o‘rinni egalladi.

Reytingga ko‘ra, o‘zbekistonliklar 62 davlatga vizasiz kirish huquqiga ega.

Fuqarolari 193 davlatga vizasiz tashrif buyurishi mumkin bo‘lgan ro‘yxatda Singapur yetakchi bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinni Yaponiya va Janubiy Koreya egalladi – har biri 190 ta yo‘nalish.

Markaziy Osiyo davlatlari orasida Qozog‘iston “eng kuchli” pasport egasi bo‘ldi: Qirg‘iziston 71, O‘zbekiston 72, Tojikiston 78, Turkmaniston 84-o‘rinda. Bundan tashqari, Qozog‘iston Ozarbayjon (66), Armaniston (69) va Mo‘g‘ulistonni (70) ortda qoldirdi.

Ro‘yxatni Afg‘oniston, Iroq va Suriya yakunlagan.

Kiritildi: 16:04 07.09.2025. O'qildi: 1095 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!