Bugun 10 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Sobiq Toshkent viloyati hokimi hokimlik tizimiga ishga qaytdi

Sobiq Toshkent viloyati hokimi hokimlik tizimiga ishga qaytdi

Holmatov Rustam Qurbonnazarovich Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi Ijaraga berilgan qishloq xo‘jaligi yerlariga xizmat ko‘rsatish direksiyasiga, sug‘orish tizimlarini yaxshilash va keltirilgan zararlarni qoplash bo‘yicha bosh mutaxassis lavozimiga tayinlandi.

Rustam Xolmatov 1961 yil Toshkent viloyatida tug‘ilgan.
Faoliyati davomida ikki marotaba viloyatni boshqargan.

1995 - 2003 yillarda Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari, Chinoz va Quyi Chirchiq tumanlari hokimi, 2008-2013 yillarda Toshkent viloyati hokimi sifatida ishlagan.

2016-2018 yillarda Bekobod tumani hokimi, Jizzax viloyati hokimining o‘rinbosari, 2019-2021 yillarda Toshkent viloyati hokimi bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev 2021 yil 19 mart kuni xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Xolmatovni ishdan bo‘shatish niyati bo‘lmaganini lekin, uning o‘zi ishdan bo‘shash to‘g‘risida ariza yozganini ma’lum qilgan edi.

Kiritildi: 18:37 09.09.2025. O'qildi: 1193 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!