Bu haqda Al Jazeera xabar bermoqda.
"Hujum Dohaning turar-joy hududida amalga oshirilgan bo‘lib, bu Qatar kabi xavfsiz davlat uchun o‘ta noodatiy va salbiy holat hisoblanadi", deya yozmoqda nashr.
Isroilning “Galey SAXAL” radiosi xabariga ko‘ra, Qatardagi HAMAS rahbarlariga qarshi hujumda qariyb 15 ta samolyot ishtirok etgan, 10 dan ortiq o‘q-dorilar tashlangan va bitta nishonga zarba berilgan.
Avvalroq, Isroilning Channel 12 telekanali Qatar HAMAS va Isroil o‘rtasida vositachilik sa’y-harakatlarini keyingi ogohlantirishgacha to‘xtatadi, deya xabar bergandi.