Hindiston AQShning 50 foizlik bojlariga qaramay, Rossiyadan neft xarid qilishni davom ettiradi, dedi Hindiston moliya vaziri Nirmala Sitharaman.
"Biz neftni qayerdan sotib olishimiz, bizga eng foydali variantdan kelib chiqib hal qilinadi. Shubhasiz, biz Rossiyadan neft xarid qilishda davom etamiz. Hindiston iqtisodiy jihatdan foydali bo‘lgani sababli Rossiya neftini sotib olishni davom ettiradi", — dedi Hindiston moliya vaziri Sitharaman Bloomberg agentligiga.
Evropa va AQSh Moskvaning 2022 yilda Ukrainaga bostirib kirishi tufayli Rossiya neftidan voz kechgani holda, Hindiston Rossiya mahsulotlariga berilgan chegirmalardan foydalanib, Rossiya dengiz neftining eng yirik xaridoriga aylandi.
Nyu-Dehli Rossiya neftini sotib olishi bozorlarni muvozanatda saqlab turganini ta’kidladi.
Ukraina mojarosini hal qilishga urinayotgan AQSh prezidenti Donald Tramp Hindistonning neft importi Moskvaning urush harakatlarini moliyalashtirishga yordam berayotganini aytdi va o‘tgan oyda Hindistondan importga 50 foizlik boj joriy etdi.
Shuningdek, Nirmala Sitharaman dunyodagi uchinchi yirik neft importchisi va iste’molchisi bo‘lgan Hindistonning Rossiya yetkazib berishlaridan voz kechish rejasi yo‘qligini ma’lum qildi.