AQSh ma’muriyati Yevropa davlatlarini boshqa davlatlardan dezinformasiyaga qarshi kurash bo‘yicha umumiy harakatlarda endi ishtirok etmayotgani haqida ogohlantirdi.
Bu haqda Financial Times (FT) nashri nomi oshkor etilmagan yevropalik uch amaldorga tayanib xabar berdi.
Nashrning yozishicha, Yevropa Ittifoqi davlatlari o‘tgan hafta Davlat departamentidan Jo Baydenning avvalgi ma’muriyati davrida imzolangan o‘zaro anglashuv memorandumlarini bekor qilayotgani haqida bildirishnoma olgan. Nashr ta’kidlaganidek, bu kelishuvlar "xorijiy davlatlar tomonidan betartiblik ekish maqsadida tarqatilgan" zararli ma’lumotlarni aniqlash va fosh qilish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan yondashuvni ishlab chiqishga qaratilgan edi.
2024 yil dekabr oyida Davlat departamenti diplomatik tuzilmaning bir qismi bo‘lgan va tashqi siyosat tashviqotining asosiy vositalaridan biri bo‘lgan Global jalb qilish markazini (GES) yopdi.
GESning sobiq koordinatori Jeyms Rubin bu qadamni Rossiya va Xitoyga qarshi axborot urushidagi "bir tomonlama qurolsizlanish akti" deb atadi.