Yaman shimolida hukmronlik qilayotgan “Ansor Alloh” (husiylar) harbiy-siyosiy harakati ilk bor Isroil janubidagi Dimona shahri yaqinidagi yadroviy tadqiqot markazi joylashgan hududga hujum uyushtirganini e’lon qildi.
Bu haqda hutiy qurolli kuchlari o‘zlarining Telegram-kanalidagi bayonotida ma’lum qilindi.
Yaman harbiy-havo kuchlari ikkinchi kun ketma-ket uchta uchuvchisiz uchoq yordamida bosib olingan Falastin hududida yuqori sifatli harbiy amaliyot o‘tkazdi”, — deyiladi xabarda.
Husiylar amaliyot nishonlari "Yaffadagi Lod aeroporti (Ben Gurion), Umm al-Rashrashdagi (Eylat) Ramon aeroporti va Dimonadagi muhim nishon" ekanini ta’kidladi.
"Operasiya o‘z maqsadlariga muvaffaqiyatli erishdi", — deyiladi xabarda.