Bugun 9 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Makron yaqin kunlarda Fransiyaning yangi bosh vaziri etib tayinlashi mumkin

Makron yaqin kunlarda Fransiyaning yangi bosh vaziri etib tayinlashi mumkin

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron parlament joriy vazirlar mahkamasiga ishonchsizlik ovozini berganidan keyin yaqin kunlarda yangi bosh vazirni tayinlash masalasini ko‘rib chiqadi.

Bu haqda Yelisey saroyi bayonotida aytilmoqda.

"Respublika Prezidenti deputatlarning ovoz berish natijalarini e’tiborga oladi", — deyiladi bayonotda. "Ertaga u hukumatining iste’fosini qabul qilish uchun Bosh vazir Fransua Bayruni qabul qiladi. Respublika Prezidenti yaqin kunlarda yangi bosh vazirni tayinlaydi".

Avvalroq Fransiya Milliy assambleyasi (parlament quyi palatasi) deputatlarining aksariyati bosh vazir Fransua Bayruning dasturiy nutqidan so‘ng mamlakat hukumatiga ishonch bildirishga qarshi ovoz bergan edi. LCI telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, Bayru seshanba kuni ertalab o‘z iste’fosini prezidentga topshirish niyatida. Yaqin soatlarda bosh vazir Matinyon saroyida vazirlar mahkamasi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazish niyatida.

Kiritildi: Bugun 09:00. O'qildi: 1128 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!