Isroil armiyasi HAMAS rahbariyatining yuqori amaldorlari joylashgan ofisiga zarbalar berilganini tasdiqladi, deb xabar beradi Sahal matbuot xizmati.
Buni Isroil-12 kanali ham tasdiqladi
Harakatning muzokaralar guruhi Qatar poytaxti Dohada bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida Tramp taklif qilgan o‘t ochishni to‘xtatish g‘oyalarini muhokama qilayotganda hujumga uchradi, dedi HAMASning yuqori martabali rasmiysi Al Jazeeraʼga.
“Isroilning Dohada bir qator HAMAS a’zolari istiqomat qilayotgan turar-joy binolariga qo‘rqoqlarcha hujumini keskin qoralaymiz”, dedi Qatar TIV.
Yig‘ilishda HAMASning besh nafar yuqori martabali mulozimlari, jumladan, Xolid Mashal ham ishtirok etgan.
"Tramp shaxsan Dohada HAMAS rahbariyatiga hujum qilish uchun ruxsat bergan", deb xabar bermoqda Isroil 12-kanali.
“Men ularga bu ularning so‘nggi imkoniyati ekanligini aytdim va ular kelishuvni qabul qilishlari kerak edi, lekin ular quloq solishmadi” - dedi Donald Tramp portlashlar haqida.
Al Arabiya va Al-Mayadeen xabarlariga ko‘ra, HAMAS siyosiy byurosi a’zolari, shu jumladan, harakatning G‘azo sektoridagi rahbari Isroilning Dohaga uyushtirgan hujumidan omon qoldi.