Bugun 20 avgust, 2025 yil, chorshanba

КИР

18 avgust kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

18 avgust kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

“O‘zgidromet” 18 avgust, dushanba kuniga oid ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Aksar hududlarda havo quruq va biroz bulutli bo‘ladi, ayrim hududlarida yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida yomg‘ir kutilmaydi. Havo biroz bulutli bo‘lib, sharqdan soniyasiga 3–8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi harorat +17…+19 daraja, kunduzi esa +32…+34 daraja bo‘lishi kutilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ham asosan quruq ob-havo saqlanadi. Bu viloyatlarda kechasi harorat +15…+20 daraja, kunduzi esa +30…+35 daraja atrofida bo‘ladi.

Buxoro va Navoiyda shamolning kuchayishi va ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi ehtimoli bor. Harorat kechasi +15…+20 daraja, kunduzi +30…+35 darajani tashkil etadi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida ham havo biroz bulutli bo‘lib, ayrim joylarda shamol soniyasiga 13–18 metrgacha kuchayishi va chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Kechasi harorat +15…+20 daraja, kunduzi esa +30…+35 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham shunga o‘xshash vaziyat kutilmoqda. Havo quruq, lekin shamolning kuchayishi kuzatilishi mumkin. Kechasi harorat +17…+22 daraja, kunduzi +32…+37 daraja bo‘lishi qayd etilgan.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq ehtimoli bor. Harorat kechasi +15…+20 daraja, kunduzi esa +27…+32 darajani tashkil etadi.

Tog‘li va tog‘ oldi hududlarda ham qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Bu yerlarda shamolning kuchayishi ehtimoldan xoli emas. Harorat kechasi +12…+17 daraja, kunduzi esa +18…+23 daraja bo‘lishi kutilmoqda.

Kiritildi: 16:19 17.08.2025. O'qildi: 963 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!