Bugun 16 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Ayoli yoki bolasining kontrakt pulini to‘laydiganlarga xushxabar

Ayoli yoki bolasining kontrakt pulini to‘laydiganlarga xushxabar

Oliy ta’lim uchun shartnoma to‘lovidan beriladigan soliq imtiyozida farzandning yosh chegarasi olib tashlandi. Endi OTM uchun kontrakt to‘langanda farzandning yoshidan qat’iy nazar 12 foizlik daromad solig‘idan imtiyoz beriladi.

Ya’ni, Soliq kodeksiga muvofiq fuqarolarning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlarining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishga (o‘zining, farzandlarining, shuningdek yigirma olti yoshga to‘lmagan erining (xotinining) yo‘naltiriladigan to‘lovlariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solinmaydi.

Shuningdek, o‘zining, farzandlarining yoki erining (xotinining) o‘qishi uchun to‘langanda soliq chegirmasi jismoniy shaxs – ta’lim oluvchiga, uning ota-onalariga, shuningdek, agar o‘qish uchun to‘lov ta’lim oluvchi yigirma olti yoshga to‘lguniga qadar amalga oshirilgan bo‘lsa xotiniga (eriga) beriladi.

Kiritildi: Bugun 07:57. O'qildi: 1108 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!