AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya yetakchisi Vladimir Putin Ukraina bo‘yicha kelishuvga erishmoqchi, deb hisoblaydi.
Amerika yetakchisi bu haqda Fransiya prezidenti Emmanuel Makronga Oq uyda Yevropa yetakchilari bilan uchrashuvi oldidan alohida aytib o‘tgan.
"Menimcha, Putin kelishuvga erishmoqchi. Bilasizmi? Qanchalik aqldan ozgandek tuyuladi" - dedi Tramp fransuz hamkasbiga. Aftidan, AQSh prezidentining mikrofoni o‘chirilganligi unutilgan va bu ibora jonli efirda uzatilgan.
Eslatib o‘tamiz, ayni damda Oq uyda Tramp va Zelenskiyning Yevropa yetakchilari bilan uchrashuvining matbuotga yopiq qismi bo‘lib o‘tmoqda.