AQSh prezidenti Donald Tramp Ukrainada tinchlik kelishuvidan oldin o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga erishilishiga ishonmaydi.
Amerika yetakchisi Oq uyda ukrainalik hamkasbi Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvda o‘z nuqtai nazarini bildirgan.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish "endi kerak emas" va maqsad vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish emas, balki uzoq muddatli tinchlikdir.
"O‘t ochishni to‘xtatish bo‘lmaydi, deb o‘ylayman. Ular urushayotgan paytda tinchlikka intilishga rozi bo‘lishimiz mumkin" - dedi AQSh prezidenti.
Shuningdek, u Kiyevning Amerika qurollarini sotib olishda muammolari borligini ta’kidladi.